09:44 / 09.09.2015
4948

“Rayhon”: kutilmagan paytda kutilmagan yutuqlar!

Poytaxtimizda yangi faoliyatini boshlagan “Rayhon” milliy taomlar kafesi xo‘randalar uchun ajoyib sovg‘a tayyorladi. “Yutuqli kartochka” deb atalgan mazkur sovg‘a kutilmagan paytda tashrif buyuruvchilarga taqdim etiladi. Ya'ni, kechki ovqatga kelgan xo‘randalar stoliga restoran ma'muriyati tomonidan 20 ta kartochka olib kelinadi. Ular orasida 10 foizlik chegirma va “UzTE” rusumli telefon apparati yashiringan yutuqli kartochka bor. Xaridor tanlagan kartochka yutuqli bo‘lsa shu zahoti sovg‘a taqdim etilmoqda. Ma'lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, mazkur yutuqli kartochkalar haftaning qaysi kuni yoki qaysi paytda taqdim etilishi noma'lum. “ Asosiy maqsad xaridorlarga sifatli xizmat ko‘rsatish va ozgina bo‘lsa ham quvonch hadya etish”, deydi “Rayhon” milliy taomlar menejyeri.  

Top