14:55 / 09.09.2015
4404

2015 yilning 8 oyida GM Uzbekistan`ning Rossiyaga sotgan avtomobillari hajmi 53 foizga kamaydi

Yanvar-avgust oylarida Rossiyada GM Uzbekistan qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan 13752 ta avtomobil sotildi. Bu haqda Yevropa biznesi uyushmasining Avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasiga asoslangan holda "Gazeta.uz" nashri xabar bergan.

O‘tgan yilning ayni davri (29303ta avtomobil) bilan solishtirganda, sotuv darajasi 53,1 foiz pasaydi. Avgust oyida Rossiyada GM Uzbekistan qo‘shma korxonasining 1723ta avtomobili xaridorlarini topdi. 2014 yilning iyul oyi bilan taqqoslaganda, ushbu ko‘rsatkich 29,5 foiz pastdir, chunki o‘sha oyda 2443 ta avtomobil sotilgan edi

GM Uzbekistan QKning Rossiya bozoridagi ulushi joriy yilning dastlabki sakkiz oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan solishtirganda, 1,4 foizdan 1,2 foiz qadar kamaydi.

Umuman olganda, Rossiyada yangi yengil va yengil tijorat avtomobillari sotuvi yil bo‘yicha hisoblanganda 19,4 foiz — 138679tagacha kamaydi hamda ushbu mamlakatda ishlab chiqarilayotgan 10ta avtomobil turi sotuvda peshqadam bo‘ldi.

Ma'lumot uchun, shu yilning yanvar-avgust oylarida Rossiyada 1051851ta avtomashina sotildi.

Top