09:50 / 09.09.2015
2599

BMT bosh kotibi sayyoraning savodsiz aholisi sonini aytdi

BMT bosh kotibi Pan Gi Munning ta'kidlashicha, sayyorada 750 mln savodsiz inson bor. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.
“Dunyoning voyaga yetgan aholisining 750 mln lik qismi savodsiz bo‘lib qolmoqda, ularning uchdan ikki qismi ayollardir.

Maktab yoshidagi 250 mln bola savod chiqarmagan, 124 mln bola esa maktabga bormaydi”, - deyiladi Pan Gi Munning murojaatida.
Bosh kotib barcha odamlarga ta'lim sohasida bir xil imkoniyatlar berishga chaqirdi.

Top