15:33 / 09.09.2015
3625

Dog‘istonda masjid imomi otib ketildi

Dog‘istonda masjid imomi Magomed Hidirov otib ketildi. Bu haqda mintaqa tergov qo‘mitasi tarqatgan bayonnomada aytildi.

Voqea Xasavyurt tumanining Kurush qishlog‘ida sodir bo‘ldi. Aytilishicha, qurollangan va niqob taqqan ikki noma'lum shaxs Hidirovni ertalabki namozga yo‘l olganida otib ketgan.
Imomning joni voqea joyida uzilgan. Jinoyat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: Magomed Hidirov 

Top