09:55 / 09.09.2015
2227

Yevro-2016 saralashining C, E va G guruhlarida 8 tur o‘yinlari o‘tkazildi

8 sentabr oqshomida Yevro-2016 musobaqasi saralashining guruh bosqichidagi 8 tur o‘yinlari davom ettirildi.

S guruhi

S guruhi yetakchisi Ispaniya safarda Makedoniya bilan o‘ynadi va kichik hisobdagi g‘alaba bilan kifoyalandi. Guruhning yana bir yetakchisi Slovakiya Ukraina bilan nursiz durang qayd etdi, Belarus o‘z maydonida Lyuksemburgni 2:0 hisobida yengdi. Ayni vaqtda guruhda Ispaniya terma jamoasi 8 o‘yindan 21 ochko jamg‘argan holda birinchi o‘rinda turibdi. Ikkinchi o‘rindagi Slovakiya hisobida esa 19 ochko mavjud. Ukrainlar uchinchi o‘rindan pastga tushmaslikni kafolatlashgan. Belarusda 7, Lyuksemburgda 4, Makedoniyada esa 3ta ochko mavjud.

Makedoniya – Ispaniya 0:1 (0:1, 0:0)

Gol: 0:1 – 8 Mata

Ogohlantirishlar: Diyego Kosta (30), Petrovich (33), Buskets (47).

Slovakiya – Ukraina 0:0 (0:0, 0:0)

Ogohlantirishlar: Gamshik (11), Ribalka (21), Domber (47), Konoplyanka (79), Stepanenko (90).

 

Belarus – Lyuksemburg 2:0 (1:0, 1:0)

Gollar: 1:0 – 34 Gordeychuk, 2:0 – 62 Gordeychuk.

Chetlatish: Filipps (77).

 

Ye guruhi

Bu guruhda avvalgi turdayoq Angliya terma jamoasi Yevro-2016 yo‘llanmasini naqd qilib bo‘lgan, 8 turda Shveytsariyaga qarshi o‘yin esa birinchi o‘rin masalasiga oydinlik kiritdi. Londondagi o‘yin mezbonlarning 2:0 g‘isobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi va Runi bu o‘yinda ham gol urib, terma jamoa uchun gol urgan angliyalik hujumchilar orasida 50ta gol bilan peshqadamga aylandi. Angliya hisobida ayni vaqtda 24ta ochko, Shveytsariyada esa 15ta ochko bor.

Sloveniya bu turda Estoniyani 1:0 hisobida mag‘lub etib, 12 ochko bilan Shveytsariyani ta'qib etmoqda. Litva San-Marinoni 2:1 hisobida yenggach, guruhda 10 ochko to‘plagan Estoniyadan keyin 9 ochkosi bilan beshinchi bo‘lib turibdi.

Angliya – Shveytsariya 2:0 (0:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 67 Keyn, 2:0 – 84, penalti Runi.

Ogohlantirishlar: Milner (28), Smolling (71).

Sloveniya – Estoniya 1:0 (0:0, 1:0)

Gol: 1:0 – 63 Berich.

Ogohlantirishlar: Lindpere (21), Kampl (52), Mets (53).

 

Litva – San-Marino 2:1 (1:0, 1:1)

Gollar: 1:0 – 7 Chernix, 1:1 – 55 Vitayoli, 2:1 – 90 Spalvis.

Ogohlantirishlar: Battistini (26), Stefanelli (40), Novikovas (60), Brolli (66), Kyarutstsi (67), Spalvis (83).

Chetlatishlar: Arlauskis (50), Kyarutstsi (88).

 

 

G guruhi

G guruhida birinchi o‘rin masalasi hal bo‘lgan. Avstriya Yevro-2016 turniriga guruh g‘olibi sifatida boradi. Shvetsiya 8 turda Avstriyadan 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lgach, uchinchi o‘ringa tushib ketdi. Rossiya esa Lixtenshteynni 7:0 hisobida yengib ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Chernogoriya Moldaviyani safarda 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Lixtenshteyn – Rossiya 0:7 (0:3, 0:4)

Gollar: 0:1 – 21 Dzyuba, 0:2 – 40, penalti Kokorin, 0:3 – 45 Dzyuba, 0:4 – 73 Dzyuba, 0:5 – 77 Smolov, 0:6 – 85 Dzagoyev, 0:7 – 90 Dzyuba.

Ogohlantirishlar: Kiber (58), Polverino (63).

Chetlatish: Kaufmann (40).

 

 

Moldova – Chernogoriya 0:2 (0:1, 0:1)

Gollar: 0:1 – 9 Savich, 0:2 – 65, avtogol Raku.

Ogohlantirishlar: Basha (41), Gatskan (45), Dedov (46), Savich (49), Vukchevich (56), Golovatenko (61), Kojokar (89).

 

Shvetsiya – Avstriya 1:4 (0:2, 1:2)

Gollar: 0:1 – 9, penalti Alaba, 0:2 – 38 Xarnik, 0:3 – 76 Yanko, 0:4 – 88 Xarnik, 1:4 – 90 Ibragimovich.

Ogohlantirishlar: Grankvist (15), Yunuzovich (24), Yanko (30).

Top