20:51 / 09.09.2015
1785

FIDe prezidenti Kirsan Ilyumjinov o‘z nomzodini FIFA rahbari lavozimiga qo‘yish haqidagi taklifni o‘ylab ko‘rishini aytdi

FIDe (Xalqaro shaxmat federatsiyasi) prezidenti Kirsan Ilyumjinov o‘z nomzodini FIFA rahbari lavozimiga qo‘yish haqidagi taklifni o‘ylab ko‘rishini aytdi.

Bunday taklif bilan FIDe prezidentlik kengashi yig‘ilishida Rossiya shaxmat federatsiyasi prezidenti, FIDe vitse-prezidenti Andrey Filatov chiqdi.

“Shak-shubhasiz, FIFA prezidenti lavozimiga saylovlar katta jamoatchilik e'tiborini tortadi. Biz bu lavozimga kimningdir nomzodini qo‘llab-quvvatlash yoki o‘z nomzodimizni taklif qilish haqida o‘ylab va buni muhokama qilib ko‘rishimiz kerak. Tajribali sport menejyeri, shu bilan birga futbolda tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis sifatida, garchi bu uni hayratlantirsada Kirsan Nikolayevichning nomzodini ushbu lavozimga qo‘yishni taklif qilaman. Bu g‘alabani kafolatlamasada, biroq olimpiya prinsipida aytilgandek, asosiysi ishtirok etish”, deb aytdi Filatov.

Top