17:53 / 09.09.2015
2662

Jahon kompaniyalari axborot yo‘qotishi tufayli milliardlab dollardan mahrum bo‘lishdi

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida butun dunyo kompaniyalari 888 marotaba axborot yo‘qotilishiga yo‘l qo‘ydilar, buning natijasida ular umumiy hisobda 36.9 mlrd dollar zarar ko‘rdilar.

Bu haqda kompyuter xavfsizligi bilan shug‘ullanuvchi Gemalto agentligi hisobotida aytildi.
Aytilishicha, bunday holatlar soni o‘tgan yilning birinchi yarmiga nisbatan 10 foizga ko‘paygan. Ammo yo‘qotilgan yozuvlar miqdori 40 foizga kamaygan. Ma'lumotlarning 82 foizi 10ta eng yirik holat davomida xakerlar qo‘liga o‘tgan.

Ta'kidlanishicha, bunday holatlarning haligacha kuzatilishiga sabab kompaniyalarning aksariyati eski himoya strategiyadan foydalanishda davom etayotganligidir.

Top