08:34 / 09.09.2015
4725

Las-Vegas aeroportida British Airways samolyoti yonib ketdi

Las-Vegasning Makkaran xalqaro  aeroportida British Airways aviakompaniyasiga tegishli Boeing 777-200 samolyoti yonib ketdi, deb yozmoqda New York Daily News nashri.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, aeroportning uchish-qo‘nish polosasida uchishga shay turgan samolyotning chap dvigateli yonib ketgan. Samolyotdagi barcha 159 yo‘lovchi va 13 nafar ekipaj a'zosi evakuatsiya qilindi. Ma'lumotlarga ko‘ra, ikki kishi kichik jarohatlar bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Dvigatelning alangalanishi sabablari aniqlashtirilmoqda. Aeroport qolgan 3 ta uchish-qo‘nish polosasi bilan o‘z ishini normal tartibda davom ettirmoqda.   

Yonib ketgan samolyot Londonga uchib ketishi kerak bo‘lgan.

Top