05:43 / 09.09.2015
2213

Lufthansa uchuvchilar ish tashlashi sababli mingdan ko‘proq reysni bekor qildi

Lufthansa aviakompaniyasi uchuvchilar ish tashlashi sababli butun dunyo bo‘ylab mingdan ko‘proq reysni bekor qildi, deb xabar bermoqda AirLive nashri.

Pensiyaga ketayotgan uchuvchilarga to‘lovlar borasida kasaba uyushma va kompaniya o‘rtasida nizo yuzaga keldi. Lufthansa uchuvchilari ish tashlashi 8 sentabrda mahalliy vaqt bilan 4.00 dan 20.00 gacha davom etdi.

Kompaniyada ta'kidlanishicha, reyslarning bekor qilinishi oqibatida jabr ko‘rgan yo‘lovchilar reysni boshqa sanaga o‘tkazishlari yoki uni bepul bekor qilishlari mumkin.
Qayd etilishicha, 2014 yil apreldan aviakompaniya pilotlari 12 marotaba ish tashlashgan. Aviakompaniya hisob-kitoblariga ko‘ra, ish tashlashlardan ko‘rilgan ziyon 300 mln dollardan oshib ketgan.

Top