15:16 / 09.09.2015
1808

McAfee antivirusining yaratuvchisi AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘ymoqchi

McAfee antivirus ta'minotini ishlab chiqaruvchi kompaniya asoschisi Jon Mak’Afi AQSh prezidentligiga o‘z nomzodini ko‘rsatmoqchi ekanligini ma'lum qildi. Bu haqda CNN kanali xabar bermoqda. 

Mak’Afi, shuningdek, Cyber partiya ham yaratdi. Nomzodning ta'kidlashicha, uni va partiyasini qo‘llab-quvvatlovchi odamlar soni ko‘p. “Tarmoqda tarafdorlarim juda ko‘p. Yutushga va'da beraman, chunki ovozlar bor”, - dedi u.

Shuningdek, yangi nomzod asosiy raqiblari Hillari Klinton va Donald Tramp haqida iliq fikrlar bildirdi va ularni juda aqlli insonlar deb hisoblashini ta'kidladi.

Top