08:58 / 09.09.2015
2615

Misrlik harbiylar Sinay yarimorolida “IShID”ning 29 nafar jangarisini yo‘q qildi

Misrning Shimoliy Sinay muhofazasida mamlakat harbiylari “IShID” terrorchilik guruhi jangarilari bilan jangga kirishib, dushmanning 29 jangchisini yo‘q qildi, deb yozmoqda Hurriyet Daily News nashri.

Shuningdek, avtokolonna tarkibida harakatlayotgan harbiy avtomobilning portlatilishi oqibatida Misr armiyasining ikki nafar harbiysi halok bo‘ldi.

Misr armiyasi 8 sentabrdan Sinay yarimorolida “IShID” jangarilariga qarshi yirik operatsiya boshlanganini ma'lum qildi.

Top