21:24 / 09.09.2015
4079

Navoiyda milliy qo‘g‘irchoqlar festivali bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashi, viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, “Hunarmand” uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda usta-hunarmandlar, dizaynerlar, xalq amaliy san'ati ustalari va yoshlar ishtirok etdi.

O‘zA nashrining xabar berishicha, festivalda viloyatdagi 200 nafarga yaqin hunarmand, rassom va dizaynerlar tomonidan tayyorlangan milliy qo‘g‘irchoq, liboslar, rasmlar, kulolchilik buyumlari namoyish etildi.

Shuningdek, milliy qo‘g‘irchoqlar ishtirokida mustaqillikni madh etuvchi sahna ko‘rinishlari ham namoyish etildi. Milliy qo‘g‘irchoqlar yaratilish tarixiga oid usta hunarmandlarning taqdimot ko‘rgazmalari, mahorat darslari, yosh dizaynerlarning milliy liboslar kolleksiyasi va ko‘rgazmasi tashkil etildi. Yosh va iqtidorli rassomlarning “Mustaqillik politrasi” nomli rasmlar tanlovi o‘tkazildi.

Ishtirokchilar “Eng yaxshi hunarmand”, “Eng yaxshi ustoz-shogird maktabi”, “Eng yosh dizayner”, “Mustaqillikni aks ettirgan eng yosh rassom”, “Eng yaxshi musavvir” nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlandi. Tadbir taniqli san'atkorlar ishtirokidagi konsert bilan yakunlandi.

Top