21:19 / 09.09.2015
4277

Osiyo shaxmat federatsiyasi tomonidan Islom Karimov uchun "Yil kishisi" mukofoti topshirildi

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovni "Yil kishisi" sifatida tan olgan Osiyo shaxmat federatsiyasi maxsus mukofotni O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga topshirdi.

Mukofotni topshirish marosimi BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan FIDening 86-Kongressida o‘tkazilgan. Mukofotni Osiyo shaxmat federatsiyasi prezidenti Shayx Sulton bin Halifa Al Naxyon va FIDe prezidenti Kirsan Ilyumjinov qo‘lidan O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari Murodjon Aliyev qabul qilib olgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 25 iyul kunida Osiyo shaxmat federatsiyasi tomonidan o‘tkazib kelinayotgan an'anaviy “2nd Annual Asian Chess Excellence Awards” premiyasining “Yil kishisi” nominatsiyasi g‘olibi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov e'tirof etilgandi.

Top