11:20 / 09.09.2015
1957

O‘zbekiston 2015 yilning 8 oyida 37.2 mln dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari eksport qildi

2015 yilning yanvar va avgust oylari o‘rtasida O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar ishlab chiqarigan mahsulot hajmi 2 988.6 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Bu 2014 yilning shu davridagi ko‘rsatkichlardan 129 foizga ko‘proqdir.
Iste'mol tovarlari hajmi 2 863.8 mlrd so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yil ko‘rsatkichlaridan 132.7 foizga ko‘p bo‘ldi.

Hisobot davrida O‘zbekistondan 37 257.1 mln dollarlik mahsulot chet elga olib chiqildi. Uyushma bu ko‘rsatkichning 36 206.1 mln dollarga teng bo‘lishini kutayotgan edi. Shu tariqa, bu boradagi reja 102.9 foizga bajarildi.

Top