14:46 / 09.09.2015
2596

O‘zbekistonlik xonanda Belarusda o‘tkazilgan tanlovda sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik yosh san'atkor, namanganlik Muhammad Yusuf Isroilov Belarusda o‘tkazilgan “Zolotaya pchyolka” (Oltin asalari) xalqaro bolalar ijodi konkursida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Aytilishicha, 15 yoshli Isroilov, qo‘shiq san'atiga qiziqishiga qaramay, san'at bilim yurtida emas, balki Namangan dizayn kollejida tahsil oladi. Shunga qaramay, kelajakda u san'at sohasidan ketib, ko‘plab yutuqlarga erishishni maqsad qilmoqda. “Novosti Uzbekistana” nashriga bergan intervyusida yosh san'atkor kelajakda Rossiyaning “Golos” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi.

Top