20:22 / 09.09.2015
3158

Poroshenko: "Minsk kelishuvlari"ga amal qilinmoqda. Frontda tinchlik

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko nihoyat Donbassda tinchlik hukm surayotgani, bu hududda tomonlar "Minsk kelishuvlari"ga amal qilishayotgani haqida bayonot berdi.

"29 avgust kunidan buyon, oxirgi yarim yil ichida birinchi marta frontda butunlay tinchlik hukm surmoqda. Kecha ham, undan oldingi kunlarda ham, bugun ham tomonlar birontayam o‘q uzishmadi", deydi prezident.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Lugansk viloyatidagina, "Minsk kelishuvlari"da nazarda tutilgan chiziqlardan tashqarida kichik to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan.

"Minsk kelishuvlari"ga rioya qilinmoqda. Buni o‘q uzishlar bo‘yicha hisobotga qarasangiz, ko‘rishingiz mumkin", deydi Poroshenko.

Shu bilan birgalikda, Poroshenko Kiyev o‘z armiyasini mustahkamlashda davom etishi va har daqiqada ro‘y berishi mumkin bo‘lgan kutilmagan holatlarga tayyor turishini ma'lum qilgan.

Top