08:20 / 09.09.2015
7748

Qozog‘istonda politsiyachi o‘z to‘yi kuni ishidan bo‘shatildi

Qozog‘istonning Jyezqazg‘an shahri ichki ishlar boshqarmasi yo‘l-patrul politsiyachisi o‘zining to‘yi kuni o‘z lavozimidan bo‘shatildi. Bunga IIB politsiyachi to‘yidagi to‘y korteji yo‘l qoidalarini buzib, qolgan avtomobillar harakatlanishiga xalaqit berganidan darak topgani sabab bo‘lgan. Bundan xabar topgan IIB rahbariyati kuyovning huquq-tartibot muassasalaridan bo‘shatilishi haqida buyruq berdi, deb xabar bermoqda Qarag‘anda viloyat sudiga iqtibos keltirgan holda nur.kz muxbiri.

6 avgustda turnaqator avtomobillardan tashkil topgan to‘y korteji yo‘lning uch polosasini egallab, u yerdan-bu yerga “ilon izi” bo‘lib harakatlanib, yo‘l harakatining qolgan ishtirokchilariga xalaqit bergan. Buni ko‘rgan politsiyachilar kortej haydovchilarini to‘xtatib, yo‘l harakati qoidalarining buzilishi holati bo‘yicha biryo‘la uchta dalolatnoma tuzishgan. Ular o‘zlarining hamkasblari Qayrat Malikajdar uylanayotganidan xabar topgach ham tanish-bilishchilik qilib o‘tirishmagan.

Ushbu holat yuzasidan rahbariyatga ma'lumot berildi. Yo‘l-patrul xizmati rahbariyati o‘sha kunning o‘zida xizmat tergovini o‘tkazib, o‘z qo‘l ostidagi xodimni “xizmat intizomini jiddiy buzgani uchun” ishdan bo‘shatishga qaror qildi.

Kuyov ishdan bo‘shatilganini to‘yidan keyin bildi. “Mening aybim nima? Axir men haydovchi emasdimku. Haydovchi qonunni buzsa, yo‘lovchi bunga jazolanmaydiku”, deb ushbu vaziyatdan hayratlandi kuyov.

O‘zini jabrdiyda hisoblanayotgan politsiyachi ushbu holat yuzasidan shahar sudiga da'vo arizasi topshirdi va o‘z rahbariyati qarorining bekor qilinishi va avvalgi ish joyida tiklanishini talab qildi. Sud hakami da'vo arizasini qondirdi va sobiq politsiyachining avvalgi ish joyida tiklanishi kerakligi haqida hukm chiqardi.

Biroq IIB rahbariyati Qarag‘anda sudiga qarshi da'vo arizasi topshirdi. Apellyatsion hay'at xodimning ishdan bo‘shatilishi haqidagi qarorni qonuniy deb topdi, chunki sudning fikricha, politsiyachi yo‘l qoidasini buzayotgan haydovchilarga tanbeh berishi lozim edi.

Top