00:49 / 09.09.2015
9395

Rossiya Tergov qo‘mitasi boshlig‘i Bastrikin Ukraina bosh vaziri Yatsenyukning Chechenistonda jang qilganini ma'lum qildi

Rossiya Tergov qo‘mitasi boshlig‘i Aleksandr Bastrikin “Rossiyskaya gazeta” nashriga bergan intervyusida tergov qo‘mitasida Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyukning Birinchi Chechen urushida jang qilgani haqida ma'lumotlar mavjudligini ma'lum qildi.

“Arseniy Yatsenyuk kamida ikkita – 1994 yil 31 dekabrda Grozniydagi Minutka maydonida va 1995 yilda Grozniydagi 9-sonli shahar shifoxonasida sodir bo‘lgan qurolli to‘qnashuvlarda hamda 1995 yil 7 yanvarda Grozniy shahri Oktyabr tumanida asirga tushgan Rossiya harbiy xizmatchilarini qiynashda va otib tashlashda ishtirok etgan”, deb aytmoqda Bastrikin.

Bastrikinning aytishicha, Yatsenyuk rossiyalik harbiylarni yo‘q qilgani uchun Joxar Dudayevning “Millat sharafi” mukofoti bilan taqdirlagan. Tergov qo‘mitasida ta'kidlanishicha, Yatsenyuk Chechenistonda dastlab “Argo”, keyinroq Aleksandr Muzichko boshchiligidagi “Viking” jazolash otryadlari safida jang qilgan.

Top