09:52 / 09.09.2015
2014

Runi Angliya terma jamoasi safidagi ilk golini Yevro-2004 saralashida urgandi

8 sentabr kuni Yevro-2016 saralashi doirasida Shveytsariya darvozasini 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalangan holda ishg‘ol qilgan Ueyn Runi o‘zining terma jamoa safida urgan gollari sonini 50taga yetkazib oldi va bu boradagi rekordchi Bobbi Charltondan o‘zib ketdi.
Runining terma jamoa safidagi ilk goli 12 yil oldin Yevro-2004 saralashi doirasida Makedoniyaga qarshi o‘yinda kiritilgandi. O‘shanda "Everton" jamoasida o‘ynagan 17 yoshli yosh hujumchi terma jamoa safida oltinchi o‘yinini o‘tkazgandi.
Qayd etish kerakki, ayni vaqtda 30 yoshda bo‘lgan Runi termada 50ta gol urish uchun o‘yinlarda 8123 daqiqa sarfladi. Bu uning terma jamoa uchun 50-goli bo‘lish bilan birgalikda, faoliyatidagi 300-goliga aylandi.

Top