15:09 / 09.09.2015
1858

S&P rahbari iste'foga chiqdi

Standard & Poor's (S&P) xalqaro agentligi rahbari Niraj Saxay agentlik strukturasidagi ikki yillik faoliyatiga yakun yasadi, deb xabar beradi The Financial Times nashri.
“Niraj Saxay boshqa imkoniyatlardan foydalanish uchun iste'foga chiqmoqda”, - deyiladi agentlikka asos solgan McGraw Hill Financial kompaniyasi tarqatgan bayonotda.

Uning vazifalarini vaqtinchalik McGraw Hill Financial personal bilan ishlash departamenti prezidenti o‘rinbosari Jon Berisford bajaradi.
McGraw Hill Financial S&P Capital IQ va SNL Financial’ni birlashtirmoqchi. Yaqinda u ushbu kompaniyani 2.2 mlrd dollarga sotib oldi. Shu tariqa, kompaniya o‘z boshqaruv tizimida restrukturizatsiya o‘tkazmoqda. Saxay mana shu jarayonlar tufayli lavozimini tark etganligi aytilmoqda.

Top