10:00 / 09.09.2015
4666

Shimoliy Koreya o‘z plastik kartasini iste'molga chiqardi

KXDR mamlakat ichida ishlaydigan o‘z to‘lov tizimini ishga tushirdi, deb xabar beradi Nk News portali. Kartani mamlakatdagi univermaglarda qo‘llash mumkin. Karta va to‘lov tizimi Shimoliy Koreya tijoriy fan instituti tomonidan yaratildi.

Kartani mamlakat markaziy banki ishlab chiqaradi. Shu bilan birga, ekspertlarning aytishicha, markaziy bank kredit kartalari emitenti bo‘lishi uchun mamlakatda huquqiy baza va tegishli infrastruktura yaratilishi talab qilinadi. Shu bois, ularning taxminicha, gap debet kartalari haqida ketmoqda: ularga fuqarolarning maoshlari tushiriladi.
Ayni kunlarda mamlakatda 4 turdagi debet kartalari ishlab kelmoqda.

Top