17:46 / 09.09.2015
2254

Tibbiyot bo‘yicha “Amerika Nobeli” g‘oliblari nomi aytildi

2015 yil uchun Lasker mukofotiga sazovor bo‘lganlarning nomlari oshkor etildi. Ushbu mukofotni DNKni tiklash va saraton terapiyasi bilan shug‘ullangan 3 olim, shuningdek, Afrikada Ebola virusining tarqalishiga qarshi kurashgan “Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti brigadasi oldi. Bu haqda Science News nashri xabar bermoqda.

Fundamental tibbiyot yo‘nalishida Rutger universiteti xodimasi Evelin Vitkin (94 yoshli) va Bostondagi Brigham and Women's Hospital muassassi vakili Stiven Ellidj (59 yosh) oldilar. Ularning ikkisi ham DNKni tiklash bilan shug‘ullangan edi.
Klinik tadqiqotlar yo‘nalishida Texas universiteti vakili Jyeyms Ellison (67 yosh) onkologik xastaliklarni davolashning yangi istiqbolli yo‘nalishlarini o‘rgangani bois oldi.

Jamoat sog‘lig‘ini saqlash sohasida mukofotni Afrikada Ebola virusining tarqalishiga qarshi kurashgan “Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti brigadasi oldi.
Lasker mukofoti tibbiyot sohasida ishlovchilarga topshiriladi. Uni ko‘pincha Amerika Nobeli deb ham atashadi. U 1946 yildan buyon har yili topshirib kelinadi.

Top