15:42 / 09.09.2015
4471

TIV: Rossiya yangi sanksiyalarga tayyorlanishi kerak

Donbassdagi voqealar qanday rivojlanishiga qaramay, AQSh va IYe Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilishda davom etadi. Bu haqda Rossiya TIV o‘rinbosari Sergey Ryabkov RAE-2015 ko‘rgazmasi chog‘ida ma'lum qildi.

“O‘ylashimizcha, ayrim yo‘nalishlarda, Donbassdagi voqealar qanday rivojlanishiga qaramay, AQSh va IYe Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilishda davom etadi”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

“Xalqaro moliyaviy xizmat ko‘rsatish sohasida AQSh va YeIdagi hamkasblarimiz barcha tirqishlarni berkitish uchun butun imkoniyatlarini ishga solishadi. Biz buni tushunamiz va shu sharoitlarda ishlashga o‘rganamiz”, - qo‘shimcha qildi u.

Top