18:46 / 09.09.2015
4472

Toshkent viloyatining ayrim maktab va maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ahvol talabga javob bermasligi aniqlandi

Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashining qaroriga ko‘ra, maxsus ishchi guruhlar tomonidan har bir tuman va shahardagi maktab hamda maktabgacha ta'lim muassasalarida mavjud kamchiliklar va ularning sabablari o‘rganildi. Bu haqda “Toshkent haqiqati” (Toshkent viloyati) gazetasida “Shunchaki kamchilik emas!” sarlavhali maqolada xabar qilindi.

Maqolada ta'kidlanishicha, tumanlardagi bir qator maktab va maktabgacha ta'lim muassasalarida faoliyatni to‘g‘ri tashkil etishga mas'uliyat bilan yondoshilmagan.

Jumladan, Quyi Chirchiq tumani Mehnatobod qishlog‘ida 14-maktabgacha ta'lim muassasasi ta'mirga muhtoj, to‘rt tarbiyachining faqat ikkitasi mutaxassis.

Bu kabi holatlar shuningdek, tumanning Qo‘rg‘oncha qishlog‘idagi “G‘uncha”, “Kamalak”, “Yulduzcha” nomli maktabgacha ta'lim muassasalarida ham kuzatilgan. Chinoz tumanidagi 4-maktab-internatda ham ahvol talabga javob bermasligi qayd etilgan, deb yozadi uz24.uz nashri.

Top