09:37 / 09.09.2015
2242

Xodorkovskiy familiyasini brend sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi

Rossiya va dunyoning yana 15 mamlakatida XODORKOVSKIY (KHODORKOVSKY) brendi paydo bo‘ldi. “Kommersant'” nashrining yozishicha, bu brend YuKOSning sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiy bilan bog‘liq MBK IP UK Limited kompaniyasi tomonidan ochilgan.

Aytilishicha, brend 150 turdagi tovar va xizmatlarda, shu jumladan, siyosiy fondlar, ko‘chmas mulk operatsiyalari, kiyim-kechak va poyabzalda ishlatiladi. Shuningdek, u golografik mahsulotlar, rington va videoo‘yinlarda qo‘llanishi mumkin.
Brend Rossiyada 17 aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi. Patent murojaatnomasi 2013 yilda topshirilgan edi.
Ekspertlarning ta'kidlanishicha, bunday keng miqyosda qo‘llaniladigan brendning ro‘yxatdan o‘tkazilishi boshqa shaxslarga o‘z manfaatlari yo‘lida Xodorkovskiyning nomidan foydalanish imkoniyatini yopib qo‘yish maqsadida amalga oshirilgan.

Top