15:41 / 10.09.2015
1678

2015 yilda OTMlar moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilishga 312.4 mlrd so‘m sarflanadi

2015 yilda OTMlar moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilishga 312.4 mlrd so‘m sarflanadi. Ushbu mablag‘ yordamida 15 OTMda 47 obekt ishga tushiriladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, 2011-2014 yillarda bu maqsadlarga 504.6 mlrd so‘m ajratilgan edi. Natijada 21 oliygohda 105 obekt, shu jumladan, 43 ming o‘rinli 55 o‘quv bloki, 9 ming o‘rinli 33 talabalar turar joyi va 13 sport inshooti ishga tushirilgan edi.

Top