10:51 / 10.09.2015
3061

Avstraliya IShIDga qarshi kurashda yana qancha ishtirok etishi ma'lum qilindi

Avstraliya harbiy havo kuchlarining IShIDga qarshi kurashdagi ishtiroki yana 2-3 yil davom etishi mumkin. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Kevin Endryus bayonot byerdi.

“2-3 yil. Men aniq ayta olmayman, lekin rostanam bu ishlar bir necha yil davom etadi”, - dedi u Australian Financial Review nashriga bergan intervyusida.
Ilgariroq bosh vazir Toni Ebbot o‘z mamlakati harbiy kuchlarining xalqaro koalitsiya operatsiyalaridagi ishtirok yana qancha davom etishi haqidagi savolga aniq javob bera olmagan edi.

Top