12:47 / 10.09.2015
2162

Chinozda Qozog‘istondan 22 mln so‘mlik tamaki mahsulotlarini olib kirishga harakat qilgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida Qozog‘istondan 22 mln so‘mlik tamaki mahsulotlarini olib kirishga harakat qilgan jinoiy guruh qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Chinozning Yallama qishlog‘ida yashaydigan Shamil Abdulov, Latif Yo‘lchiyev va Ramazon Fattohovlar qozog‘istonlik sheriklari bilan kelishib, 22 mln so‘mlik 2 980 quti Parlament sigaretalariga buyurtma beradilar. Bu molni qozog‘istonlik sherik Yallama bojxona posti yaqinidan oqib o‘tuvchi Bo‘zsuv kanalidan chegaraning bu tarafiga oqizib yuborilishi kerak edi.

Belgilangan vaqtda yarim tunda sheriklar ko‘rsatilgan joyga borib yukni qidirishga tushishdi. Lekin ularning xatti-harakatlari bojxona xodimlarining diqqatini tortdi. Natijada kontrabandachilar tezda ushlanib, javobgarlikka tortildi.

Top