00:54 / 10.09.2015
2113

FIFA yosh futbolchilar bilan shartnoma imzolashdagi qoidabuzarlik yuzasidan “Barselona”ga nisbatan yangi tekshiruv boshladi

FIFA “Barselona” klubiga nisbatan yosh futbolchilarni jamoaga o‘tishi yuzasidan yo‘lga qo‘yilgan qoidabuzarlik sababli yangi tekshiruv ishini boshladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA shunga o‘xshash holat yuzasidan “Barselona”ga 2015 yilda yangi o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlab qo‘ygan edi. Unda FIFA klub akademiyasiga qabul qilingan 31 nafar yosh futbolchilarning transferini tekshirgan edi.

Hozirgi vaqtda FIFA “kataloniyaliklar”dan birinchi tekshiruv jarayonida ishlari ko‘rilmagan yana 2 nafar futbolchi haqida ma'lumot so‘ragan.

“Barselona” ushbu futbolchilar bilan yozgi transfer vaqtida shartnomani bekor qilgan. Taxminlarga ko‘ra, bu harakat FIFA tomonidan qayta tekshiruvlardan qochish maqsadida qilingan.

FIFA vakillari “Barselona”ning tergov jarayonida tashkilot bilan qilayotgan hamkorligidan qoniqmayapti va bu o‘z navbatida tashkilot ularning Fode Fofana hamda Matias Lakava haqidagi ma'lumotlarni sir tutayotganligini gumon qilmoqda. 

Top