05:47 / 10.09.2015
2019

Iroq bosh vaziri hukumatning 123 nafar mansabdor shaxsni o‘z lavozimidan bo‘shatdi

Iroq bosh vaziri Haydar Al-Obodiy 123 nafar vazirlar o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarni o‘z lavozimidan bo‘shatdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Qayd etilishicha, bunday qaror korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi doirasida qabul qilindi.

Xabarda aytilishicha, mansabdor shaxslarning bir qismi pensiyaga jo‘natildi.

Avvalroq Iroq bosh vaziri vitse-prezident va bosh vazir o‘rinbosari lavozimlarini qisqartirishi haqida qaror qabul qilgani ma'lum qilingan edi. Bu lavozimlarning qisqartirilishi sabablari aytilmagan.

Top