10:45 / 10.09.2015
2845

Jorjye Mendesh «Real» bilan hamkorlikni to‘xtatdi

«Manchester Yunayted» darvozaboni David De Xeaning manfaatlarini himoya qiladigan taniqli futbol agenti Jorjye Mendesh bundan keyin «Real» bilan hamkorlik qilmoqchi emas.

El Confidencial nashri ma'lumotlariga ko‘ra, 49 yoshli portugaliyalik agent De Xeaning "Madrid" klubiga o‘tmay qolganidan norozi bo‘ldi va endi o‘z e'tiborini «PSJ», «Valensiya» va «Portu» jamoalari bilan hamkorlikka qaratmoqchi.

Endi Mendesh De Xeani «MYu» bilan shartnomani uzaytirishga ko‘ndirishga urinib ko‘rishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, «Real» tarkibidagi Krishtianu Ronaldu, Pepe va Xames Rodriges kabi futbolchilar aynan Mendeshning mijozlari hisoblanadi.

Top