07:45 / 10.09.2015
2193

JPMorgan Londondagi metallar birjasidagi savdolardan voz kechmoqda

JPMorgan Chase & Co banki vakillari Londondagi metallar birjasi (LME) savdo zalini borgan sari ko‘proq mijozlar elektron savdoga o‘tayotgani bois tark etadigan bo‘lishdi

Londondagi metallar birjasi savdolar ochiq maydonda o‘tkaziladigan Yevropadagi oxirgi savdo maydoni hisoblanadi. Bu yerda birja a'zolari shaxsan o‘zlari savdo zalida o‘tirib, savdolar paytida baland ovozda baqirib savdolar o‘tkazish tizimidan foydalanadilar. Bu savdolar savdo zalida hech qanday elektron vositalarsiz o‘tkaziladigan savdolar hisoblanadi.

JPMorgan bunday savdolar turidan elektron savdolar foydasiga voz kechmoqda. JPMorgan xom ashyo bo‘limi boshlig‘i Maykl Kamacho “mijozlarning qarashlari o‘zgargani va hozirda LME’dagi shartnomalarning katta ulushi elektron savdoga o‘tayotganini” ta'kidlab o‘tdi.

AQSh banki LME’dan ketganidan keyin birjada 9ta kompaniya, jumladan Societe Generale SA, Sucden Financial Ltd. va INTL FCStone Inc. qoladi.

Top