09:53 / 10.09.2015
14571

Klinton Putinning eng maftunkor jihatini aytdi

AQSh prezidentligiga nomzod Hillari Klinton Rossiya prezidenti Vladimir Putinning o‘ziga yoqadigan eng maftunkor jihatini aytdi. Bu bayonotni u Vashingtondagi Brukings nomli universitetdagi chiqishi chog‘ida berdi.

“Putinning menda xayrixohlik uyg‘otadigan jihatlari ko‘p emas, lekin u o‘rnidan turib “Sizning keyingi prezidentingiz bo‘laman” deya olishi o‘ziga yarasha maftunkorlikka ega”, - uning so‘zlarini keltiradi Politico nashri.
Shu bilan birga, u Qrim masalasida faol harakat qilish zarurligini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Top