09:07 / 10.09.2015
3152

Milliy universitetda rektorning talabalar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi

9 sentabr kuni O‘zbekiston Milliy universiteti madaniyat saroyi kichik zalida rektor Sh. Sirojiddinovning talabalar bilan ochiq muloqoti o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz tahririyatiga yo‘llangan matbuot xabarnomasida aytildi.

Uchrashuv oliygoh rivojlanishi istiqbollari, shuningdek, uning faoliyatidagi muammoli masalalar muhokamasi bag‘ishlandi. Muhokama davomida ham talabalar, ham rahbariyat tomonidan yuqorigi masalalarda bir qator tavsiyalar aytib o‘tildi.
O‘z hisobotida Sh. Sirojiddinov universitetning erishib kelayotgan yutuqlariga to‘xtalib o‘tib, OTMning 100 yillik yubileyiga qadar erishilishi kerak bo‘lgan strategik maqsadlar haqida gapirdi.

Xususan, uning ta'kidlashicha, 2018 yilga kelib universitet yangi sifat bosqichiga ko‘tarilib, xalqaro reytinglarda jahonning yetakchi oliygohlari qatoridan o‘rin olishi kerak. Bu maqsadni amalga oshirish uchun esa insoniy resurslar va ilmiy salohiyatdan samarali foydalanish talab etiladi. Shu bois rektor talabalarni OTMning o‘qituvchi-professorlari bilan barcha sohalarda hamkorlik qilishga chorladi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra oliygohni isloh qilish va rivojlantirish bo‘yicha bir qator istiqbolli takliflar va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Top