11:00 / 10.09.2015
10431

National Interest AQSh, Rossiya va XXRning eng yaxshi harbiy samolyotlarini qiyoslab ko‘rdi

Oxirgi paytlarda AQShning Lockheed Martin firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan F-35 qiruvchi samolyoti Rossiya va Xitoy samolyotlariga qanday qarshilik ko‘rsata olishi ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Shu bois National Interest nashri muallifi Deyv Majumdar ushbu mamlakatlarning eng yaxshi harbiy samolyotlarini qiyoslab ko‘rdi.

Ta'kidlanishicha, AQShning F-35, XXRning J-20, J-31 va Rossiyaning T-50 (PAK-FA), Su-35 samolyotlari real jang maydonida to‘qnash kelmaguncha bu savolga aniq javob olib bo‘lmaydi, negaki bunda texnikadan tashqari boshqa omillar ham muhim o‘rin tutadi.
F-35 tanqidchilari yangi qiruvchi manyovrga layoqati jihatidan eski F-22 samolyotdan ham ortda qolishini aytmoqda.

Shu bilan birga, Lockheed Martin va Pentagon F-35 sinovlarida aviatsion elektronikaning butun komplekti ishtirok etmaganligini aytmoqda

Top