08:51 / 10.09.2015
2141

Nazarboyev Kazatompromni xususiylashtirishga ko‘rsatma berdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Kazatomprom MAK boshqaruvi raisi Asqar Jumag‘aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Oq O‘rda matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv chog‘ida Jumag‘aliyev davlat rahbariga milliy atom kompaniyasining keyingi 10 yillik strategik rivojlanish rejasi yuzasidan hisobot berdi.

O‘z navbatida, Nazarboyev kompaniyaning noixtisoslik aktivlarini xususiylashtirib, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘stirishga ko‘rsatma berdi.
“Mustaqilligimizning birinchi bosqichida bo‘lganidak qat'iyat bilan xususiylashtirishni amalga oshirish kerak. Ixtisoslikka – uran ishlab chiqarishga diqqat qaratib, boshqa aktivlarni xususiy shaxslarga berish kerak”, - dedi davlat rahbari.

Shuningdek, uchrashuv yakunlariga ko‘ra Nazarboyev yana bir qator konkret topshiriqlar berdi.

Top