08:46 / 10.09.2015
2455

Norvegiya IShIDga o‘zining asirlikdagi fuqarosi uchun pul to‘lashdan bosh tortdi

Norvegiya hukumati IShID jangarilariga Suriyada o‘g‘irlab ketilgan o‘z fuqarosi uchun pul to‘lamaslikka qaror qildi, deya ma'lum qildi Skandinaviya qirolligi bosh vaziri Erna Sulberg maxsus matbuot anjumani chog‘ida. Bu haqda Dagbladet nashri xabar berdi.

“Biz o‘z nuqtai nazarlarimizdan voz kecholmaymiz. Jangarilar talabini bajarish bilan birinchi navbatda terroristlar nishoniga aylanishi mumkin xalqimiz hayotini xavf ostiga solib qo‘yishimiz mumkin”, – dedi bosh vazir.

Hukumat rahbari, shuningdek, garovga olinganni ozod qilish uchun tezkorlik bilan inqiroz shtabi tuzilgan bo‘lib, uning tarkibi davlat diplomatlari, harbiylar va maxsus xizmat xodimlaridan iborat ekanini ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, ayni paytda garovdagi fuqaro Suriya hududidagi turli qurolli jangarilar qo‘lidan-qo‘liga o‘tayotgan bo‘lishi mumkin, biroq hozirgi ma'lumotlar shafqatsizligini chegara bilmas IShID jangarilari uni sotib olishni so‘rashmoqda.

Top