Oltinko‘lda valyuta savdosi bilan shug‘ullanayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda. Omadbek Abdurahimov ilgari ham shu jinoyat uchun sudlangan va ma'muriy jazoga tortilgan edi.
Bu safar u tuman dehqon bozorida valyuta savdosi bilan shug‘ullanayotganida qo‘lga olindi.
Uning yonidan 250 AQSh dollari, 2 900 rubl va 11 mln so‘m chiqdi. Bu pullar ashyoviy dalil sifatida musodara qilindi.