12:24 / 10.09.2015
8058

O‘zbekistonda mobil uskunalar uchun ixcham quyosh batareyalari yaratilmoqda

O‘zbekistonda mobil telefonlar, noutbuk va planshetlarni quvvatlantirishga mo‘ljallangan kam quvvatli ixcham quyosh fotoelektrik qurilmalari borasida ishlanmalar olib borilmoqda. “Pravda Vostoka” gazetasining yozishicha, qurilmalarning birinchi partiyalari tayyor bo‘lib, sinovdan o‘tkazilmoqda.

Ekspertlarning baholashicha, O‘zbekistonda quyosh energiyasining salohiyati neft ekvivalentida 51 mlrd tonnaga tengdir. Buning hisobidan elektr quvvatini uning yillik iste'molidan 40 barobar ko‘proq miqdorda ishlab chiqarish mumkin bo‘ladi.
Bu boradagi ishlanmalar bilan Fanlar Akademiyasi qoshidagi “Fizika-Quyosh” notijorat tashkiloti shug‘ullanib kelmoqda.

Top