06:47 / 10.09.2015
2211

Peres: "Real" Ronalduni 1 mlrd dollar evazigagina sotishi mumkin

"Real" klubi prezidenti Florentino Peres yaqin vaqt ichida hujumchi Krishtianu Ronalduni sotish niyati yo‘qligi haqida gapirib o‘tdi.

U portugaliyalik futbolchini sotilsa ham katta pulga sotilishini ta'kidlab o‘tdi. Peres bu hujumchi uchun parijliklardan jiddiy qiziqish mavjudligi, agar istashsa o‘z tarkibini Ronaldu bilan kuchaytirishlari mumkinligini ta'kidlab o‘tdi.

"Agar "PSJ" Ronalduni qo‘lga kiritimoqchi bo‘lsa, buning yo‘li oson: marhamat qilib 1 milliard yevro to‘lab qo‘ysin.

Futbolda biron narsani oldindan aytish qiyin, lekin biz 2016 yilda Krishtianu bilan xayrlashmoqchi emasmiz.

Uning klub bilan shartnomasi yana uch yil davom etadi", - deydi Cadena COPE nashri Peres so‘zlarini keltirib.

Eslatib o‘tamiz, yozda "PSJ" futbolchi uchun 150 mln yevro taklif qilgandi.

Top