20:47 / 10.09.2015
4161

Putin BMT Bosh assambleyasi vaqtida Obama bilan alohida uchrashishni rejalashtirmagan

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning BMT Bosh assambleyasi vaqtidagi ish grafigida AQSh prezidenti Barak Obama bilan uchrashuv o‘tkazish ko‘zda tutilmagan.

"Hozircha ish grafigida bunday uchrashuv bo‘lishi qayd etilmagan. Agar qolgan vaqt ichida tomonlar grafikni qayta ko‘rib chiqmasa va u o‘zgarishsiz qolsa, uchrashuv ham bo‘lmaydi", deb ma'lum qilgan Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Peskovning qo‘shimcha qilishicha, Oq uy Kremlga Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan assambleya vaqtida 2 davlat rahbarining o‘zaro uchrashuvini tashkil etish bo‘yicha yuzlanmagan.

Bundan oldin, Putin 28 sentabr kuni Nyu-York shahrida o‘tkaziladigan BMT Bosh assambleyasining 70-yig‘ilishida qatnashib, Rossiya delegatsiyasiga boshchilik qilishi hamda nutq so‘zlashi haqida xabar berilgandi.

Ma'lumot uchun, bu Putinning AQShga 2007 yildan buyon ilk tashrifi bo‘ladi.

Top