09:50 / 10.09.2015
7085

Qodirov bosh prokuraturaning tanqidiga javob berdi

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ida bosh prokuraturaning ayblovlariga javob berdi.

Ma'lumki, prokuratura Ramzon Qodirovni “Allohga duo: uning islomdagi o‘rni va ahamiyati” nomli kitobni ekstremistik deb tan olgan sud qarorini tanqid ostiga olib, sudyalarni va prokurorlarni haqorat qilganlikda ayblagan edi.
“Javob ommaga ma'lum bo‘lishini istamagan edingizmi? Yo‘q, ertaga bu haqda butun dunyo biladi. Bosh prokuraturaning “huquqiy masalalarni faqat huquqiy maydonda” hal qilish haqidagi maslahati juda g‘alatidir, chunki sudning Qur'on haqidagi qarori huquqiy emas. Men, qonunda ko‘zda tutilganidek, apellyatsiyaga berdim”, - deb yozdi Qodirov o‘z sahifasida.

Shuningdek, u Qur'onni ekstremistik kitob deb tan olish sudya va prokurorning professional faoliyatiga aloqador emasligini, “ular Rossiya qonunlari va manfaatlarini himoya qilish o‘rniga ahmoqona qarorlari bilan xavfsizlik va barqarorlik asoslariga bolta urishi”ni ta'kidladi.

Top