08:26 / 10.09.2015
3339

Rossiya muftiylar kengashi “Allohga duo” kitobi bo‘yicha sudning qarori ustidan apellyatsiya yubormoqchi

Rossiya muftiylar kengashi hamraisi Nafigulla Ashirov “Molba (dua) k bogu: yeye znacheniye i mesto v islame” (“Allohga duo: uning islomdagi ahamiyati va o‘rni”) kitobi bo‘yicha sudning chiqargan qarori ustidan shikoyat qilinishini ma'lum qildi. Bu haqda u “Govorit Moskva” radiostansiyasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

“Dunyoviy sud, ziyoli odamlar diniy masalalar, ayniqsa diniy mantlar borasida din arboblarini jalb qilmagan holda qaror chiqarmasliklari kerak. Bu yerda esa katta xatoga yo‘l qo‘yilgan”, deb aytdi Ashirov.

Ashirov bu masala yuzasidan huquqiy jihatdan shikoyat qilish bo‘yicha apellyatsiya tayyorlanganini ta'kidlab o‘tdi. Da'vo shikoyati 10 sentabrda sudga yuboriladi.

“Bu holat mamlakatimizning nufuziga putur yetkazadi, biz kulgiga qolamiz. O‘ylaymanki, teran fikr ustun chiqib, qaror bekor qilinadi”, deb qo‘shimcha qilib o‘tdi Ashirov.

Ashirov Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning bu qaror yuzasidan aytgan tanqidiy fikrlari qiziqqonlik ustida aytib yuborilganini ta'kidladi.

Top