09:20 / 10.09.2015
2619

Rustam Assakalov – jahon chempionati kumush medal sohibiga aylandi

Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Rustam Assakalov AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida 85 kg vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritib, mazkur sport turi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining ilk olimpiada yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Birinchi raundda Assakalov 2014 yilgi jahon chempioni fransiyalik Melonin Numonvi ustidan g‘alabaga erishdi. Keyinroq esa Avstriya vakili Amer Xrustanovich va eronlik Habibollah Axlagilardan ustun keldi. Yarim finalda Finlyandiya kurashchisi Rami Xiyetaniyemini mag‘lub etdi. Biroq final bahsida Ukraina vakili Jan Belenyuk yelkasini yerga tekkiza olmadi.

Jahon chempionati – 2015. Las-Vegas. Yunon-rum kurashi. 85 kg.
1) Jan Belenyuk (Ukraina)
2) Rustam Assakalov (O‘zbekiston)
3) Xabibollax Axlagi (Eron)
3) Saman Taxmasibi (Ozarbayjon)
5) Rami Xiyetaniyemi (Finlyandiya)
5) Viktor Lorints (Vengriya)

Top