18:06 / 10.09.2015
5198

So‘rovnoma: Putinning eng katta muvaffaqiyatsizligi korrupsiyaga qarshi kurash bo‘ldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning eng katta muvaffaqiyatsizligi korrupsiyaga qarshi kurash bo‘ldi. Bu Levada-sentr tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalaridan ma'lum bo‘ldi. So‘rovnomada ishtirok etganlarning 29 foizi shunday fikrda.

Ikkinchi muvaffaqiyatsizlik sifatida iqtisodiy islohotlar tilga olindi — 17 foiz. Uchinchi o‘rinda oligarxlarga qarshi kurashdagi omadsizlik turibdi — 16 foiz.
Putinning asosiy yutuqlari sirasida armiya harbiy salohiyatining oshirilishi (33 foiz), barqaror siyosiy vaziyatning saqlanishi (27 foiz), Rossiyaning jahon miqyosidagi o‘rnining mustahkamlanishi (27 foiz) aytib o‘tildi.

Top