12:52 / 10.09.2015
1986

Toshkentda “Toza havo” operatsiyasining ikkinchi bosqichiga start berildi

10 sentabrdan poytaxtimizda “Toza havo” operatsiyasining ikkinchi bosqichiga start berildi.

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, nazorat tadbirlari ko‘chib yuruvchi ifloslantiruvchi manbalar ustidan davlat nazoratini o‘rnatish, avtotransport vositalarining atrof-muhit va aholi salomatligiga salbiy ta'sirini kamaytirish, fuqarolar va tashkilotlarning tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonunlarga rioya qilishlarini ta'minlashga yo‘naltirilgan.

“Toza havo” operatsiyasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi hamkorligida o‘tkaziladi.

Avtotransport vositalari chiqarayotgan gazlar “O‘zstandart” agentligi tomonidan davlat tekshiruvidan o‘tkazilgan gaz tahlil qilish uskunalari yordamida tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Top