16:03 / 10.09.2015
4400

Toshkentda Tojikistonning Mustaqillik kuni nishonlandi

Toshkentda Tojikiston Respublikasi davlat mustaqilligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Anhor.uz sayti xabar bermoqda.

Tadbirda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Tojikistonning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari, bir qator davlatlar elchilari, davlat tashkilotlari xodimlari, jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda Tojikistonning 24 yillik davrda erishgan yutuqlari haqida gapirildi.

 

Bu davr ichida mamlakatda demokratik jamiyat poydevori qo‘yilgani alohida ta'kidlandi.
O‘zbekiston va Tojikiston qo‘shni va qardosh davlatlar sifatida ko‘p jihatdan o‘zaro bog‘liqdir. Shu bois ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishga alohida e'tibor berilmoqda.

Umumiy tarix, umumiy madaniyat, qadriyat va an'analar, ikki davlat taqdirining uzviy bog‘liqligi keyinchalik ham o‘zaro hamkorlikning asosini tashkil etishi alohida ta'kidlandi.

Top