17:14 / 10.09.2015
3555

«Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi yeguliklari eng lazzatlilardan biri deb topildi

Rossiyaning Travel.ru sayyohlik nashri tomonidan sayyohlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi yeguliklari eng yaxshilaridan biri deb topildi.

Manbada yozilishicha, mazkur reytingda O‘zbekiston aviakompaniyasi 7-o‘rinni egalladi. Bu o‘rinni ular British Airways, Austrian Airlines Air Serbia kompaniyalari bilan bo‘lishib olishdi.

Mazkur so‘rovnomada Turkish Airlines aviakompaniyasi katta farq bilan birinchi o‘rinni egallagan. Ikkinchi o‘rin Lufthansa`ga, uchinchi o‘rin esa «Aeroflot»ga nasib qildi.

Top