05:29 / 10.09.2015
3102

WP: rus xakerlari AQSh diplomatik muassasalarining ma'lumotlariga kirish uchun sun'iy yo‘ldoshdan foydalanadilar

Rusiyzabon xakerlar AQSh va Yevropa diplomatik va mudofaa muassasalarining maxfiy ma'lumotlariga kirish uchun sun'iy yo‘ldoshlardan foydalanadilar, deb yozmoqda The Washington Post nashri.

“Rusiyzabon xakerlar AQSh va Yevropa diplomatik va mudofaa muassasalarining maxfiy ma'lumotlariga kirish va o‘z joyini yashirish uchun tijorat sun'iy yo‘ldoshlaridan foydalanadilar”, deb Rossiyaning antivirus dasturlari ishlab chiqaruvchi “Laboratoriya Kasperskogo” kompaniyasi mutaxassisi Stefan Tenasega iqtibos keltirgan holda aytilmoqda nashrdagi maqolada.

Tenasening ma'lumotlariga ko‘ra, gap Turla xakerlar guruhi haqida bormoqda. Guruh o‘z nomini o‘zi ishlatadigan antivirus nomidan olgan. Bir necha yillardan beri Rossiya, Xitoy va boshqa davlatlardagi davlat tashkilotlari, elchixonalar va kompaniyalar ularning nishoniga aylanib kelmoqda.

Tenasening ta'kidlashicha, kompaniya avval zararli dasturiy ta'minotni sun'iy yo‘ldoshni qo‘lga olish uchun ishlatish holatini qayd etmagan. Bu guruh buni birinchi bo‘lib amalga oshirdi.

Top