05:57 / 11.09.2015
2906

“VKontakte” nomaqbul sharhlar filtrini ishlab chiqdi

“VKontakte” sayti gruppalar va ommaviy sahifalar uchun moderatsiya qilishning (tahrir qilish) yangi usuli – sharhlar filtrini ishlab chiqdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoq matbuot xizmati boshlig‘i Georgiy Lobushkin ma'lum qildi.  

“Bu "VKontakte"da sahifalarida munozaralar va sharhlarning tozaligi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan OAVlarning katta sahifalari va brendlarini olib borishni yengillashtiruvchi muhim qadamdir. Ba'zi gruppalar o‘zlarining obunachilaridan kuniga minglab sharhlar oladilar. Bu instrument sahifalarni moderatsiya qilishga ketadigan sarf-xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi va kompaniyalar uchun obro‘lariga putur yetish xatarlarini minimallashtiradi”, deb aytdi Lobushkin.

Filtr avtomatik rejimda beadab, qo‘pol so‘zlar yoki boshqa tayanch so‘zlar saqlovchi nomaqbul yozuvlarni sahifa administratori tanloviga ko‘ra avtomatik rejimda o‘chirib tashlashga imkon beradi.      

Lobushkinning aytishicha, yangi funksiyani hozirning o‘zidayoq 50 mln gruppa, tadbirlarga bag‘ishlangan sahifalardagi pabliklarga qo‘llash mumkin bo‘lmoqda. Administratorlar uchun moderatsiyaning ikki xil varianti mumkin bo‘ldi: professional tilshunos va lingvistlar ishtirokida tuzilgan lug‘at hamda o‘zining stop-so‘zlari ro‘yxati asosida. Filtr ostiga tushgan istalgan sharhlar ular chop etilishi bilanoq avtomatik ravishda o‘chirib tashlanadi.

Beadab so‘zlar filtri bir nechta tillar – rus, ukrain, qozoq va ingliz tillarida filtrlay oladi. 

Top